Mirzo Ulug'bek, Movarounnahr ko'chasi, 1-uy
Sun'iy Intellekt

SI hamma uchun, hamma yerda

Maktabingiz va o'quvchilaringizga sun'iy intellekt olamida muvaffaqiyat qozonish uchun imkoniyat bering!

Sun'iy Intellekt Kuni" bilan o'quvchilarni ilhomlantirayotgan minglab o'qituvchilarga qo'shiling!

93%

O'qituvchilar Sun’iy Intellekt Kuni materiallarini
"Yaxshi" yoki "A'lo" deb baholaganlar

2,000,000+

dan ortiq o'quvchi qamrab olingan

Pedagoglar fikrlari

— Jacyn

O'rta Maktab O'qituvchisi, Hinsdale, IL

5.0

Ushbu bo‘limni 7-sinf o‘quvchilarim bilan birga o‘zlashtirish va darsda qo‘llash juda oson bo‘ldi. Slaydlar ajoyib tayyorlangan, video darslik esa juda foydali bo‘ldi. Ayniqsa, sun’iy intellekt ortidagi etika (axloq me’yorlari) haqida qilgan suhbatlarimiz menga juda foydali bo‘ldi. Bu mavzu o‘quvchilarimni haqiqatdan ham fikrlashga undadi.

— Courtesy

Ta'lim Kochi, Richmond, VA

5.0

Bu menga juda yoqdi! Ushbu loyihani eng yosh o‘quvchilarimiz, shuningdek, yangi texnologiyalarga nisbatan ehtiyotkorlik bilan yondashadigan o‘qituvchilar uchun ham tushunarli qilganingizdan minnatdorman! Men o‘z darslarimda SI (Sun’iy Intellekt) dan foydalanishni juda yaxshi ko‘raman. Sizning kelajakka yo'naltirilgan qarashlaringiz va bu ishga bo‘lgan sadoqatingizni yuksak qadrlayman!

— Elizabeth

Sinf O'qituvchisi, Osceola Magnet Maktabi, FL

5.0

"O‘quvchilar qaysi holatlarda sun’iy intellekt tomonidan yaratilgan san’at asarlaridan foydalanish samarali ekanligini, qachon esa o‘zlarining shaxsiy ijod namunalari sun’iy intellekt bera olmaydigan darajadagi kuch va qiymatga ega bo‘lishini tushuna boshlaydilar. Shuningdek, bu jarayon ularga qanday qilib mahoratli 'prompt-muhandis' (so‘rovlar ustasi) bo‘lishni o‘rgatadi.

— Christine

Maktab Administratori, Medfield, MA

5.0

Sizning tashkilotingiz bilan olib borgan faoliyatimiz biz uchun katta o‘zgarishlar poydevori bo‘ldi

MIT RAISE tomonidan taqdim etiladi

"Sun'iy intellekt Kuni" loyihasi MIT RAISE tomonidan ishlab chiqilgan bepul va ochiq manbali sun'iy intellekt vositalari, o'quv dasturlari, baholash materiallari hamda o'qituvchilarning malakasini oshirish resurslarini butun dunyodagi o'quvchi va pedagoglarga yetkazib beradi.

Day of AI

Maktabingizga "Sun’iy Intellekt Kuni" loyihasini olib kiring

moslanuvchan, o‘qitishga tayyor va qo‘llab-quvvatlanadigan dastur.

Qo'llab-quvvatlash

Savollaringiz bormi?

Qo’shimcha ma’lumot uchun:

dayofai@newuu.uz ga bog'laning