MIT RAISE (Ijtimoiy imkoniyatlarni kengaytirish va ta’lim uchun mas’ul sun’iy intellekt) — MIT Media laboratoriyasi qoshidagi tashabbus bo‘lib, u sun’iy intellekt sohasidagi ta’lim va tadqiqotlarni rivojlantirish maqsadida MIT Schwarzman Kompyuter kolleji va MIT Shaffof Ta’lim bo‘limi bilan birgalikda faoliyat yuritadi. Loyihaning asosiy maqsadi — har bir insonga sun’iy intellektdan oqilona va ijobiy maqsadlarda foydalanish imkoniyatini berishdir.
i2 Ta’lim Jamg’armasi 2012-yilda asos solingan, K-12 ta’lim tizimi orqali o‘quvchilarni kelajakka tayyorlashga xizmat qiluvchi notijorat muassasadir. Dastlab o‘rta maktablarga amaliy STEM dasturlarini joriy etishdan boshlagan jamg‘arma, 2021-yilda "Sun’iy intellekt kuni" loyihasini yo‘lga qo‘yish orqali mamlakat miqyosida sun’iy intellekt savodxonligi dasturlarini kengaytirdi.
2025-yilda Yangi O‘zbekiston universiteti, "Sun’iy intellekt kuni" bilan hamkorlikda "O’zbekiston Sun’iy Intellekt Kuni" tashabbusini boshladi. Mazkur dastur maktab o‘quvchilari o‘rtasida sun’iy intellekt savodxonligini oshirish bo‘yicha milliy sa’y-harakatlarni kuchaytirishga qaratilgan. Tashabbus doirasida Yangi O‘zbekiston universiteti professorlari barcha hududlardagi davlat maktablarining informatika o‘qituvchilari uchun malaka oshirish dasturlarini olib bormoqda. Bu dasturlar o‘qituvchilarni "Sun’iy intellekt kuni" materiallarini o‘quvchilarga samarali yetkazib berish uchun zarur bo‘lgan bilim va pedagogik mahorat bilan qurollantiradi. Shuningdek, loyiha "Sun’iy intellekt kuni" resurslarini davlat maktablariga tizimli ravishda integratsiya qilishni nazarda tutadi, bu esa butun mamlakat bo‘ylab sun’iy intellekt ta’limining barqarorligi va uzoq muddatli samaradorligini ta’minlaydi.