MIT RAISE (Ijtimoiy imkoniyatlarni kengaytirish va ta’lim uchun mas’ul SI) markazi va boshqa hamkorlarning yetakchi professor va o‘qituvchilari tomonidan ishlab chiqilgan "Sun’iy intellekt kuni" o‘quv dasturi barcha o‘quvchilarni hozirgi zamon uchun zarur bo‘lgan poydevor bilimlar bilan ta’minlashni maqsad qilgan. "Sun’iy intellekt kuni" o‘quv dasturi YUNESKOning "O‘quvchilar uchun SI Kompetensiyalar asosi" hujjatida belgilangan spiralsimon ta’lim yondashuviga asoslanadi. Bunda o‘quvchilar mavzularni alohida emas, balki SI sohasidagi bilim va ko‘nikmalarni bosqichma-bosqich rivojlantirish orqali o‘zlashtiradilar. SI tushunchalari murakkablik darajasi oshib boruvchi tartibda qayta-qayta ko‘rib chiqiladi, bu esa doimiy o‘rganish va amaliyot orqali mustahkam bilim poydevorini yaratishga xizmat qiladi. SI savodxonligi va uning o‘quvchilar uchun nega muhimligi haqida batafsil ma’lumot olish uchun ushbu ma'lumot beruvchi maqola bilan tanishib chiqishingiz tavsiya etiladi.