Mirzo Ulug'bek, Movarounnahr ko'chasi, 1-uy
Yuqori sinf o‘quvchilari uchun SI asoslari

Yuqori sinf o‘quvchilari uchun SI asoslari

O‘quvchilar mashinali o‘rganish usullari, neyron tarmoqlar ishlash prinsipi va algoritmlardagi xolislik masalalari bilan tanishadilar.

Kurs Tuzilishi:

Yosh toifasi: 14-18 Topshiriq Turi: Umumiy Umumiy vaqt: 230 daqiqa
Darslar tartibi:

Ushbu asosiy bo‘lim o‘quvchilarni neyron tarmoqlar, ma’lumotlar to‘plami va mashinali o‘rganish modellari bilan tanishtiradi. Amaliy tadqiqotlar, ijodiy loyihalar va modellashtirilgan mashg‘ulotlar orqali o‘quvchilar o‘rganishning turlari (nazorat ostidagi, nazoratsiz va mustahkamlovchi o‘rganish) bilan tanishadilar, neyron tarmoq ishini simulyatsiya qiladilar hamda inson qarorlari algoritmlarning adolatli bo‘lishiga qanday ta’sir qilishini o‘rganadilar.

Xulosa:

Yuqori sinf o‘quvchilari sun’iy intellekt qanday ishlashi va u kundalik hayotimizga qanday ta’sir ko‘rsatishini bilib oladilar.


Darslar

1. SI o‘zi nima? (40 daqiqa)

Real hayotiy misollar yordamida SI va SI bo‘lmagan tizimlarni o‘zaro farqlash.


2. Mashinalar chindan ham o‘rgana oladimi? (40 daqiqa)

Google’ning "Tez Chizish" o‘yini orqali ma’lumotlarga asoslangan prognozlarni o‘rganish va ma’lumotlar to‘plamidagi xolislikning buzilishini aniqlash.


3. Algoritm nima? (40 daqiqa)

Qaror qabul qilish jarayonini boshqaruvchi algoritmlarni loyihalashtirish va sinovdan o‘tkazish, shuningdek, algoritmlarning foydalanuvchi tajribasi uchun qanday optimallashtirilishini muhokama qilish.


4. Mashinalar qanday o‘rganadi? (40 daqiqa)

O‘rganishning turli turlarini (nazorat ostidagi, nazoratsiz va mustahkamlovchi o‘rganish) tadqiq qilish.


5. Neyron tarmoqlar tushuntirilishi (40 daqiqa)

Neyron tarmoqlar ma’lumotlarni qanday qayta ishlashi va takomillashtirishini simulyatsiya qilish (modellashtirish).


6. Sun’iy intellektdagi xolislik (30 daqiqa)

Algoritmlardagi xolislikning buzilishi sabablarini tahlil qilish va axloqiy yechimlarni taklif qilish.